Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga 2021 yil 15 sentyabr kuni АQSh ning Nyu-York shahrida 24 yil yashagan, o‘z ustida mukammal ishlagan va MYITEDU nomli IT kompaniyasi asoschisi Jon Toshmatov tashrif buyurdi

Jon Toshmatov tashrifi davomida filialning katta majlislar zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. U o‘zining hayotdagi tajribalari asosida talaba yoshlarga Axborot texnologiyalar rivoji mavzusidagi master klas darsini tushuntirib berdi.

TATU Farg‘ona filiali talabalari Amerikada 24 yil faoliyat yuritgan yetuk mutaxasssisga savollar berib, o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan javoblarni olishdi.

Batafsil ma’lumotni tez orada YouTube ijtimoiy tarmog‘imizga joylaymiz.