Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialiga AKT vaziri tashrif davomida Sh.Shermatov filialda tashkil etilgan “Biznes inkubatsiya markazi” ish faoliyati, undagi talaba yoshlarning turli darajadagi dasturiy mahsulotlari, START-UP loyihalari bilan tanishdi

Eng quvonarlisi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi stipendiyasining g‘oliblari Sh.Yetmishboyev, J.Umaraliyev va TATU Farg’ona filiali akademik litsey o’quvchisi Sh.Shermatov tomonidan taqdirlandilar.

Shuningdek filial talabalar turar joyidagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va qurilishi rejalashtirilgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi loyihasi bilan tanishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati