Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialining Talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi va tyutorlar tomonidan Buyuk siymolar oyligi doirasida 9-fevral g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 581 yilligiga bag’ishlangan badiiy kecha tashkil etildi

Tadbirda talabalar tomonidan A.Navoiy g’azallaridan misralar o’qib berildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Abdulhamid Rayimov tomonidan talabalarga A.Navoiy ijodi haqida bir qancha tavsiyalar berildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati