Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori Аkbarali Maxammatovich Rasulov va POSCO INTERNATIONAL TEXTIL MChJ rahbari Chang Vung Jo bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvdan maqsad ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, filial professor-o‘qituvchilari va talabalarini o‘quv jarayoni bilan bir qatorda amaliyot masalalari, yangi loyihalar doirasida ko‘plab ishlarni amalga oshirish, tajriba almashish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi to‘qimachilik klasteridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida hamkorlik ishlarini olib borish, to‘qimachilik korxonalaridagi dasturiy taʼminotlar bo‘yicha amaliy loyihalar bo‘yicha hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida fikr almashishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati