Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Jaholatga qarshi maʼrifat» shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 16-mart kungi 87-01-250 sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2021-yil 31-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali kata majlislar zalida, “Jaholatga qarshi maʼrifat» shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda taklif etilgan Farg‘ona shahar Аhmadjon qori masjidi Imom xatibi F. Аbdurahmonov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha filial direktor o‘rinbosari  B. Tolipov, Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-ma’rifiy bo‘lim boshlig‘i А. Rayimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari N. Ibragimov, А. Salmonovlar, Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi J. Аvazov, professor-o‘qituvchilardan А. Qodirov hamda  95 nafar talaba-yoshlar qatnashdilar. Tadbirda so‘zga chiqqan F. Аbdurahmonov, B. Tolipov, А. Rayimov, J. Аvazovlar o‘z maʼruzalarida talaba-yoshlarga Vatan, ota-ona oldidagi burch va vazifalar, jamiyat taraqqiyoti uchun ilm-fanlarni izchil egallash, zamon talabidagi raqobatbardosh yetuk kadrlar bo‘lib yetishish uchun inson o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yishi zarurligi to‘g‘risida fikr bildirdilar. Mazkur seminarda talaba yoshlar ham o‘z chiqishlari va munosabatlari bilan faol qatnashdilar.