Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialiga Qirg‘iziston Davlat Texnika universiteti Ilmiy-ishlar va Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Torobekov Bekjan Torobekovich hamda Qirg‘iziston Davlat O‘sh texnologiya universiteti Kompyuter grafikasi va dizayini kafedrasi mudiri Sotibayev Alimbay Tashtanovich tashrif buyurdilar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialiga Qirg‘iziston Davlat Texnika universiteti Ilmiy-ishlar va Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, Texnika fanlar doktori-professor Torobekov Bekjan Torobekovich hamda Qirg‘iziston Davlat O‘sh texnologiya universiteti Kompyuter grafikasi va dizayini kafedrasi mudiri Dotsent Sotibayev Alimbay Tashtanovich tashrif buyurdilar.

Tashrif mobaynida Qirg‘iziston Respublikasining ikki ilg‘or oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. Shartnoma doirasda Oliy o‘quv yurtlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilarni muddatli almashish, malakalarini oshirish shu bilan birgalikda o‘quv ishlar, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha tajribalar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati