Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan targʼibot tadbirlari o’tkazildi

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil qilingan 2021-yilning 15-25 yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda. Fargʼona viloyatining barcha tumanlarida targʼibot tadbirlari oʼtkazish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, professor Xakimov Raxim Rasuljonovich boshchiligida ishchi guruh tuzilgan. Ushbu ishchi guruh tarkibida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filialidan “Dasturiy injiniring” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Аbdullaev Аbdujabbor tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Professor Аbdullaev Murojaatnomaning iqtisodiyotdagi mohiyatlarini tumanlar faollari uchun yoritib bermoqda. Misol uchun, 2021-yil 18-yanvar Quvasoy tumanida, 19-yanvar Chimyon hududida targʼibot tadbirlari samarali oʼtkazildi.