Oʼzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish mohiyati, maqsadlari va tamoyillari

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022-yilda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazish belgilangan.
Joriy yilning 16-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 28 fevraldagi SQ-36-IV-sonli qarori qabul qilinib, qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Shu bilan birga, 2020-yil 17-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Oʼzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga koʼmaklashish boʼyicha respublika komissiyasining bayonnomasi tasdiqlandi.

Аholini roʼyxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng koʼlamli tadbir boʼlib, aholi toʼgʼrisidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.Аholini roʼyxatga olish – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi aholining rasmiy hisobga olish boʼlib, barcha aholining ijtimoiy va demografik tavsiflari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni yigʼish hisoblanadi. Bu tadbir kishilar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni yigʼish, qayta ishlash va umumlashtirish jarayonlarini, shuningdek demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni baholash, eʼlon qilish va tahlil qilishni oʼz ichiga oladi.
Аholini roʼyxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi.
Birinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʼrsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, isteʼmol mahsulotlari hajmi, aholiga koʼrsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.
Ikkinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʼrsatish boʼyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi
Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boʼyicha qisqa, oʼrta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.
Bunday maʼlumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi boʼyicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan va jamiyatni axborot bilan taʼminlash uchun zarurdir.
Xoʼsh, aholini roʼyxatga olish tadbirlarini oʼtkazish bilan bogʼliq xarajatlar qaysi moliyaviy manbalar hisobiga qoplanadi.
Oʼzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish kontseptsiyasiga muvofiq aholini roʼyxatga olish tadbirlarini oʼtkazish bilan bogʼliq xarajatlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun koʼzda tutilgan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʼlar xisobiga moliyalashtiriladi.
Moliyalashtirish uchun zarur mablagʼlar hajmi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa masʼul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari boʼyicha aniqlanadi.
Аholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va eʼlon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq toʼlash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.
Ushbu farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bajarilishi, aholini roʼyxatga olish ishlarini yanada samarali oʼtkazish jarayonlaridagi maʼsuliyatini yanada oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan aholini roʼyxatga olish ishlari 2023-yilga qoldirildi.

Fargʼona shahar statistika boʼlimi