«Ochiq eshiklar» kuni munosabati bilan tashrif

🏢 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga Farg’ona shahridagi 35-umumiy o’rta ta’lim maktabining bitiruvchi o’quvchulari «Ochiq eshiklar» kuni munosabati bilan tashrif buyirishdi.

🎗 Axborot xavfsizligi kafedrasi professor oʻqituvchilari maktab o’quvchilariga filial o’quv jarayoni, filialda olib borilayotgan islohotlar, filialdagi ta’lim yo’nalishlari haqida batafsil tushunchalar berishdi.