Oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish 20 iyundan boshlanadi

Ikki hafta muddatda qoʼshimcha davlat granti asosida (imtiyozli) qabul parametrlari tasdiqlanadi.

Bu yil 1,5 milliondan ziyod yoshlar oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.

Bu yil ilk marotaba 9 ta nodavlat oliygohlarda 22 ta yoʼnalishda talabalarni oʼqitish uchun 500 ta davlat granti ajratiladi.

Shuningdek, Prezident bu yil oliygohlarga qabul soni oʼtgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga yetkazilishini maʼlum qildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati