Oliy taʼlim rektorlari va talabalari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugun Fargʻona davlat universiteti sport o’yingohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Abdujabbor Abdusattarovich Abduvohidov tashabbusi bilan Oliy taʼlim rektorlari va talabalari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

✅ O’zbek milliy futbolining 110 yilligiga bag‘ishlangan musobaqada viloyatimizda mavjud oliygohlar bilan bir qatorda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali direktori Rasulov Akbarali Maxamatovich boshchiligida filial xodimlari va talabalari ishtirok etishdi.

✅ Musoboqa soʻngida faol ishtirok etgan xodim va talabalar A. Abduvohidov tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.