Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 maydagi 87-03-1346-sonli xati ijrosi yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

2019 yilning 15 may kuni filialning kichik majlislar zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 maydagi 87-03-1346-sonli xati ijrosi yuzasidan hamkor tashkilotlar – “Oila” ilmiy amaliy tadqiqot markazi Farg‘ona viloyat boshqarmasi psixiatri Birodar Mirzayev, Farg‘ona shaxar urologiya markazi urolog shifokori Voxidjon Ziyayev, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Abdulhamid Rayimov, Kompyuter injiniringi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Navruzbek Ibragimov hamda filialning 50 nafar talaba-yoshlari ishtirokida “15 may — Xalqaro oila kuni”ni munosabati bilan “Oila muqaddas”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oilaviy hayot etikasi”, “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” mavzularida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalar tomonidan reproduktiv mavzu doirasida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan keng ma’lumotlar berildi.

Tadbirdan olingan fotolavhalar ilova qilinadi.