O‘sh davlat universiteti va TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Oliy ta’lim bo‘yicha tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida uchrashuv o’tkazildi

24-25 dekabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Ilmiy tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i R.A.Nurdinova, kafedra mudirlari O.S.Rayimjonova, G.D.Kuchkarova va N.Mamadaliyevlardan tashkil topgan delegasiya Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahri, O‘sh davlat universiteti huzuridagi “Xalqaro ta’lim dasturlarining Oliy maktabi” da o‘tkaziladigan “Научно-учебные, коммуникативные процессы в условиях цифровых технологий” mavzusida, Dunyoning nufuzli 1000 lik ro‘yxatiga kirgan OTM qatoridagi O‘sh davlat universiteti va TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Oliy ta’lim bo‘yicha tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan dumaloq stol atrofidagi uchrashuvda qatnashish uchun Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahriga xizmat safariga borib qaytishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati