O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Hamkorlikdan asosiy maqsad Yangi avlod kadrlarini siyosiy jihatdan yetuk, vatanparvar, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talabiga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, istiqboldagi kadrlar zaxirasiga tavsiya uchun faol yoshlarni aniqlash hamda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga jalb etishdan iborat.

Tadbir davomida O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi bilan hamkorlikdagi ishlari uchun filial direktoriga minnatdorchilik xatlari topshirildi.