O’zbekiston ziyolilari! Top — 100 lider talabasi

Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Yoshlar Oromgohida Top Liderlar bir maskanda jam bo’lib samarali loyihalar ustida ish olib borishdi.

Tadbir yakunida Lider Yoshlarni tantanaviy ravishda taqdirlab, esdalik sovg’alari topshirildi. Katta sovrin «ZIYOLILAR» kitobida o’z sahifalarini ochishdi. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali 3-bosqich talabasi Yetmishboyev Shaxzodbek Ma’murjon o’g’li ham bir guruh isteʼdodli yoshlar qatorida ZIYO FORUM tomonidan tashkil etilgan «ZIYOLILAR OʻZBEKISTON TALABLARI ALMANAXI» kitobiga kiritildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati