Qadrli ustozlar, aziz hamkasblarim va talaba-yoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi – 2022 yil bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman!

Mana, vaqtning azim daryodek shiddat bilan oʼtishiga yana bir bor guvoh boʼlib, yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qoʼyish arafasidamiz. Oʼtayotgan yilni kuzatar ekanmiz, 2021 yil davomida boshimizdan kechirgan, yon-atrofimizda boʼlib oʼtgan tashvishli va quvonchli voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni beixtiyor koʼz oʼngimizdan oʼtkazamiz, shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar bildiramiz.

Butun dunyo davlatlari qatori Oʼzbekiston ham koronavirus pandemiyasini boshidan kechirayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimiz taʼlim tizimi ham jiddiy sinovga duch keldi.

Аgar bugungi zamon qanday shiddat bilan oʼzgarib borayotganini hisobga oladigan boʼlsak, bu sohalarga, avvalo, taʼlim-tarbiya sohasiga eʼtiborimizni yanada kuchaytirishimiz talab etiladi.

Chunki zamon oʼzgarishi bilan odam, inson ham oʼzgaradi, uning dunyoqarashi, hayotga, hayotdagi oʼz roli va burchiga munosabatlari va qarashlari bir holatda turmaydi.

Аyniqsa, talaba-yoshlarimizni jismoniy va maʼnaviy jihatdan yetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida amalga oshirayotgan ishlarimizni yanada takomillashtirishimiz kerak boʼladi.

Barchangizni kirib kelayotgan yangi – 2022 yil bilan yana bir bor qizgʼin tabriklaymiz.

Fursatdan foydalanib muhtaram faxriy ustozlarimizning umrlari uzoq boʼlishini, munis ayollarimizning chehrasidan tabassum arimasligini, dilbar qizlarimiz yanada goʼzal va chiroyli, baxtli-saodatli boʼlishini, yoshlarimizning baxtu iqbolini berishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan filial direktori А. Rasulov