Sifatli taʼlim — kelajak poydevori

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida «Sifatli taʼlim — kelajak poydevori» shiori ostida forum tashkil etildi. Forum Farg‘ona viloyatidagi OTMlar rektorlari ishtirokida bo’lib o’tdi.

Anjumanni Farg‘ona viloyati hokim o‘rinbosari F.Qosimov ochib berdi. Forum haqida iliq fikrlarni bildirib, bundan keyin shu kabi uchrashuvlar tez-tez bo‘lib turishini taʼkidlab o‘tdi.

Forumda Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘.Salomov hamda Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti rektor o’rinbosari Kawk Bumo nutq so‘zladi.

Filialimiz direktori F.Muxtarov maʼruzasida filialning 2023-yildagi strategik vazifalar va sifatli taʼlimni amalga oshirishda oliy taʼlimga qo‘yilgan vazifalar, bu borada oliy taʼlim muassasalarining hamkorligi haqida takliflar bildirdi.

Oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.