Sirtqi bo’lim talabalari bilan to’lov shartnomalar bo’yicha ochiq muloqot uchrashuv o’tkazdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali direktor F.Muxtarov Sirtqi bo’limda tahsil olayotgan talabalar bilan to’lov shartnomalar bo’yicha ochiq muloqot uchrashuv o’tkazdi.

📌 Uchrashuvda shartnoma to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirish hamda kredit asosidagi shartnoma to’lovlari, hokimiyat tomonidan yoshlarga imtiyozli ravishda kontrakt to’lovlarini qoplab berilishi haqida suhbat bo’lib o’tdi.

🖇 Filial direktori F.Muxtarov, Sirtqi bo’limi boshlig’i M.Norinov , filial bosh hisobchisi M.Nurmatov va hisobchi M.Yuldashevalar talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.