“Soha korxonalari bilan kafedralar hamkorlik aloqalarini tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Telekommunikasii texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetida “Soha korxonalari bilan kafedralar hamkorlik aloqalarini tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

🟢Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri dotsent I.Bilolov barcha professor-o‘qituvchi va xodimlarga soha korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik va xo‘jalik shartnomalarini tuzish haqida o‘z tavsiyalarini berdi.

🟢TT va KT fakulteti dekani tashabbusi bilan o‘tkazilgan dekan kubogi musobaqalarida faol ishtirok etgan kafedra professor-o‘qituvchilari filial rahbariyati tomonidan qimmatbaxo sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

🟢Tadbir davomida Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi Valyuta bo‘limi boshligi Abdusaminov Vaxobjon ishtirok etib, bugungi kunda respublikamizda olib borilayotgan Bojxona siyosati, yangiliklar va imkoniyatlar, jumladan, Bojxona deklorasiyasini elektron to‘ldirish tizimi, yuk olib o‘tishdagi shaffoflikni ta’minlashga oid chora tadbirlar xaqida batafsil tushuntirib o‘tdi. Tadbir qatnashchilari sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar hamda mutaxassis tomonidan javob oldilar.