TATU Farg’ona filialida Navro’z

2019 yilning 20 mart kuni filialda filial birlashgan kasaba uyushmasi homiyligida “Navro‘z” umumxalq bayrami dasturxoni tashkil etildi. Unda jami professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Joriy o‘quv yilida faol ishlagan ishchi-xodimlar va professor-o‘qituvchilarga filial rahbariyati tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi. Barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar eng kam ish xaqi darajasi miqdorida moddiy rag‘batlantirildi. Bayram munosabat bilan 18-25 mart kunlari filialda bayram kunlari xavfsizlikni ta’minlash va favqulotda xolatlarni oldini olish maqsadida tunu-kun navbatchilik tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari F.Qosimovning 2019 yil 15 martdagi “Navro‘z” umumxalq bayramini “xalq sayli” shaklida o‘tkazilishi belgilangan xati ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati Furqat tumani hokimligi bilan hamkorlikda 2019 yilning 21 mart kuni Farg’ona shaxrida Islom Karimov nomidagi san’at saroyi maydonida filial rahbarlari va iqtidorli talaba-yoshlar saylda ishtirok etdilar.