«TATU yosh olimlari» I-forumi bo’lib o’tmoqda

💻Joriy yilning 10-11 aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari ishtirokida «TATU yosh olimlari» I-forumi bo’lib o’tmoqda.

✅O‘tkazilayotgan «TATU yosh olimlari» I-forumining asosiy maqsadi — universitet va uning hududiy filiallarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy ishlar sifatini oshirish hisoblanadi.

Forum doirasida universitet va uning hududiy filiallari yosh olimlari va iqtidorli talabalarining ilmiy ma’ruzalari tinglanadi, dasturiy vositalarini yaratish, apparat-dasturiy vositalarni loyihalash, sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy muammolar muhokamasi hamda 100 dan ziyod dasturiy va apparat-dasturiy ishlanmalarning namoyishini tashkil etilmoqda.

Forum yakunida universitet va uning hududiy filiallari ilmiy muammolarining yechimlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi, hamkorlikda ilmiy ishlarni bajarish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilanadi hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish va tijoratlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilanadi.