{"id":14375,"date":"2020-12-12T13:43:29","date_gmt":"2020-12-12T08:43:29","guid":{"rendered":"https:\/\/tatuff.uz\/?p=14375"},"modified":"2020-12-12T13:43:29","modified_gmt":"2020-12-12T08:43:29","slug":"sen-o%ca%bczing-do%ca%bcstlarga-yo%ca%bcldosh-mehribon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/sen-o%ca%bczing-do%ca%bcstlarga-yo%ca%bcldosh-mehribon\/","title":{"rendered":"\u201cSen o\u02bczing do\u02bcstl\u0430rg\u0430 yo\u02bcldosh, mehribon\u2026\u201d"},"content":{"rendered":"\n
Har qanday tilda uning ijodkori bo\u02bclgan xalqning yuksak madaniyati, uzoq o\u02bctmishi namoyon bo\u02bcladi. Bundan o\u02bcttiz yil ilgari o\u02bczbek tiliga davlat tili maqomining berilishi milliy o\u02bczlikni anglash yo\u02bclidagi dastlabki qadamlardan biri bo\u02bcldi. Istiqlol yillarida o\u02bczbek tili jahon tillari sistemasida munosib ravishda o\u02bcz o\u02bcrnini topa boshladi. Tilning leksik zahirasi ijtimoiy-iqtisodiy hayot talabi bilan yangi-yangi tushunchalarni ifodalash hisobiga qisqa muddat ichida beqiyos darajada o\u02bczgardi. Yuzlab so\u02bczlarning mazmun-mundarijasi o\u02bczgardi, yangicha mazmun bilan boyidi.
Ijtimoiy hayotimizda yuz bergan sezilarli o\u02bczgarishlar, O\u02bczbekistonning jahon miqyosida alohida obro\u02bc-e\u02bctiborga ega bo\u02bclishi davlat tilining ham mavqei ortishiga olib keldi. Darhaqiqat, ona tilimizning davlat tili maqomiga ega bo\u02bclishi o\u02bczbek xalqi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, qo\u02bcllanish doirasining kengayishiga, o\u02bczbek tilini o\u02bcqitish sifatini tubdan yaxshilashga asos sifatida xizmat qiladi.
O\u02bctgan asrning 80-yillarida davlat tili masalasi, ikki tillilik masalasi ko\u02bctarilganda, shukrki, ona tilimizga Davlat tili maqomi berildi. Shu bilan amalda o\u02bczbek xalqi ham O\u02bczbekistonda istiqomat qilayotgan rus, qoraqalpoq, tatar, tojik, qozoq, turkman, qirg\u02bciz, koreys va boshqa qator millat vakillari kabi o\u02bcz ona tilidan erkin foydalanishga o\u02bctdi.
\u201cDavlat tili haqida\u201dgi Qonunga kelsak, Qonunning biror moddasida o\u02bczga millat vakillariga, hatto o\u02bczga tilda so\u02bczlashuvchilarning muloqotlariga monelik qiladigan biror satrni ham topolmaysiz. \u201cDavlat tili haqida\u201dgi Qonunning 2-,5-,6-,10-,11-,12-,14-,24-moddalarida Qonun o\u02bczbek tilini barcha sohalarda rivojlantirishni ko\u02bczda tutgan holda boshqa tillarning konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmasligini kafolatlab qo\u02bcygan.
Mustaqil O\u02bczbekistonda ta\u02bclim-tarbiya tili, ommaviy axborot tili, qator rasmiy muloqotlar o\u02bczbek tilidan boshqa tillarda ham olib borilayotgani hech kimga sir emas. Hozirgi kunda yurtimizning o\u02bcnlab shaharlarida O\u02bczbekistonda yashovchi o\u02bczga xalqlar madaniyati, qadriyatlarini keng targ\u02bcib qilishga, ularni rivojlantirishga qaratilgan turli-tuman markazlar tashkil etilgan, ular o\u02bcz faoliyatini erkin davom ettirmoqda.
Yashash joyi, ma\u02bclum xalqlarning amaliy ehtiyojidan kelib chiqib, barcha hududlarda ta\u02bclim o\u02bczbek tili bilan birga, rus, tojik, qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg\u02bciz singari qator tillarda olib boriladi. Oliy ta\u02bclimning deyarli barcha yo\u02bcnalishlarida rusiyzabon va boshqa xalqlarning ta\u02bclim muassasalari uchun kadr tayyorlanmoqda. Muhimi, hozirgi kunda kelajagimiz bo\u02bclgan farzandlarimizning rus, ingliz, frantsuz, nemis, xitoy, koreys, arab va boshqa ko\u02bcplab tillarni o\u02bcrganishiga yetarlicha shart-sharoit yaratilmoqda. Farzandlarimizning katta avlod vakillaridan farqli ravishda, bir necha chet tillarida bemalol muloqot qilayotganligi quvonarli hol. Lekin bularning barchasi o\u02bcz ona tilidan uzoqlashish, uni kamsitish evaziga bo\u02bclmasligi zarur.
Yana bir jihat, O\u02bczbekistonda qadimdan yashab kelayotgan, keyingi yillarda yurtimizga kelib o\u02bcrnashgan turli millat vakillari hozirgi kunda o\u02bczbek tilida bemalol muloqot qila boshladi. Ularning aksariyati o\u02bczbek tilini puxta biladi, hurmat qiladi, tom ma\u02bcnoda qadrlaydi ham.
Shu yilning 4-oktabr kuni muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan \u201cO\u02bczbekiston Respublikasining \u201cDavlat tili haqida\u201dgi Qonuni qabul qilinganining o\u02bcttiz yilligini keng nishonlash to\u02bcg\u02bcrisida\u201dgi Qaror imzolandi. Mazkur Qarorda \u201cDunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo\u02bclgan o\u02bczbek tili xalqimiz uchun milliy o\u02bczlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma\u02bcnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy taraqqiyotida g\u02bcoyat muhim o\u02bcrin egallab kelayotgan buyuk qadriyat<\/em>\u201d ekanligi alohida ta\u02bckidlanadi.
T\u0410TUFF dotsenti, filologiya fanlari nomzodi<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"
Har qanday tilda uning ijodkori bo\u02bclgan xalqning yuksak madaniyati, uzoq o\u02bctmishi namoyon bo\u02bcladi. Bundan o\u02bcttiz yil ilgari o\u02bczbek tiliga davlat tili maqomining berilishi milliy o\u02bczlikni anglash yo\u02bclidagi dastlabki qadamlardan biri […]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":14376,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"class_list":["post-14375","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangilik"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","ru","en"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14375","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14375"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14375\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14377,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14375\/revisions\/14377"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14376"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14375"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14375"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14375"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}