{"id":16894,"date":"2021-09-21T10:29:24","date_gmt":"2021-09-21T05:29:24","guid":{"rendered":"https:\/\/tatuff.uz\/?p=16894"},"modified":"2021-09-21T10:29:26","modified_gmt":"2021-09-21T05:29:26","slug":"ozbekiston-respublikasida-aholini-royxatga-olish-2023-yilda-otkaziladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/ozbekiston-respublikasida-aholini-royxatga-olish-2023-yilda-otkaziladi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasida aholini ro\u2018yxatga olish 2023-yilda o\u2018tkaziladi"},"content":{"rendered":"\n<p>Mustaqillik yillarida O\u2018zbekiston Respublikasida aholini ro\u2018yxatga olish o\u2018tkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta\u2019sir ko\u2018rsatgan o\u2018zgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o\u2018ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud ma\u2019lumotlarni qo\u2018llashni sezilarli darajada cheklamoqda. O\u2018z navbatida, O\u2018zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to\u2018g\u2018risidagi ishonchli ma\u2019lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish o\u2018rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta\u2019minlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o\u2018rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu sababli \u201cAholini ro\u2018yxatga olish to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4766082\">Qonunida<\/a> va O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-sonli <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4190059\">Farmonida<\/a> belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro\u2018yxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta\u2019minoti va ma\u2019lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o\u2018tkazish, davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish jarayonlaridagi mas\u2019uliyatini yanada oshirish, aholi sonining aniq hisoblab chiqilishini ta\u2019minlash, aniq belgilab qo\u2018yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma\u2019lumoti, hayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo\u2018yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabr kungi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq <strong>O\u2018zbekiston Respublikasida aholini ro\u2018yxatga olish 2023 yil 1 \u2013 25 noyabr kunlari o\u2018tkazilishi<\/strong> belgilangan bo\u2018lib, aholini ro\u2018yxatga olishni o\u2018tkazishda respondentlar so\u2018rovi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>1 \u2013 5 noyabr kunlari<\/strong> \u2014 internet jahon axborot tarmog\u2018i orqali aholini ro\u2018yxatga olish (5 kun);<\/p>\n\n\n\n<p><strong>6 \u2013 10 noyabr kunlari<\/strong> \u2014 internet jahon axborot tarmog\u2018i orqali ro\u2018yxatdan o\u2018tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro\u2018yxatini shakllantirish (5 kun);<\/p>\n\n\n\n<p><strong>11 \u2013 22 noyabr kunlari<\/strong> \u2014 aholini ro\u2018yxatga olish varag\u2018i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro\u2018yxatga olish (12 kun);<\/p>\n\n\n\n<p><strong>23 \u2013 25 noyabr kunlari<\/strong> \u2014 har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o\u2018rganish (3 kun).<\/p>\n\n\n\n<p>Respondentlarning shaxsga doir ma\u2019lumotlarini yig\u2018ishda ro\u2018yxatga olish sanasidan keyin sodir bo\u2018lgan demografik holatlar hisobga olinmaydi. 2023 yil 1 noyabrdan keyin tug\u2018ilgan bolalar uchun ro\u2018yxatga olish varag\u2018i shakllari va boshqa ro\u2018yxatga olish hujjatlari to\u2018ldirilmaydi, biroq ushbu sanadan keyin vafot etgan shaxslar uchun to\u2018ldiriladi. Bunda vafot etgan shaxs to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlar uning voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega oila a\u2019zolari yoki mahalla idorasidagi mavjud ma\u2019lumotlar asosida to\u2018ldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAholini ro\u2018yxatga olish to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4766082\">Qonuniga<\/a> muvofiq O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha O\u2018zbekiston Respublikasida bo\u2018lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo\u2018lmagan shaxslar, shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo aholini ro\u2018yxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida bo\u2018lgan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida ro\u2018yxatga olinadi.<strong><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumot uchun 2021 yil 1 iyul holatiga doimiy aholi soni respublikamizda 34&nbsp;860&nbsp;170 kishini, Farg\u2018ona viloyatida 3&nbsp;852&nbsp;562 kishini tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>Sh. Mamadaliev<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>Oltiariq tumani statistika bo\u2018limi boshlig\u2018i<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik yillarida O\u2018zbekiston Respublikasida aholini ro\u2018yxatga olish o\u2018tkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta\u2019sir ko\u2018rsatgan o\u2018zgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o\u2018ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":16895,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"class_list":["post-16894","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangilik"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","ru","en"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16894","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16894"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16894\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16896,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16894\/revisions\/16896"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16895"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16894"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16894"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16894"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}