«Yosh ixtirochilar» tanlovi boʻlib oʻtdi

TATU Fargʻona filiali, Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi, Raqamli texnologiyalar markazi Margʻilon shahridagi filiali bilan hamkorlikda «Yosh ixtirochilar» tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning oʻziga xos jihati nafaqat talabalar balki maktab oʻquvchilari va mustaqil ixtirochilar ishtirok etish imkoniga ega boʻlishdi. Yosh isteʼdod egalari robototexnika, dasturiy taʼminot va kibersport yoʻnalishlarida bellashdilar. Gʻoliblar maxsus sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.