«Zakovat» o’yinida talabalarimiz ishtirok etishdi

2019 yilning 25 aprel kuni filialning iqtidorli talaba-yoshlaridan tuzilgan jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi zalida tashkil etilgan Farg‘ona viloyati OTMlari o‘rtasidagi “Zakovat” intelektual o‘yini musobaqasida ishtirok etdilar. Unda filial jamoasi faol ishtiroki uchun sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandilar. Jamoalarga tashkilotchilarning estalik sovg‘alari topshirildi.