«Zavq bilan yashash siri» nomli psixologik trening tashkil etildi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida filial psixologi N.Mo‘minova (https://t.me/tatuffpsixologbot), ma’naviyat bo‘limi, tyutorlar bilan hamkorlikda «Zavq bilan yashash siri» nomli psixologik trening tashkil etildi.

🟢Ushbu trening talabalar orasida turli yot g‘oyalarning ildiz otishiga barham berish, hayot go‘zalliklarini his qilish, doimo yaxshilk umidida yashash kerekligiga bag‘ishlandi.

🟢Treningga filialning iqtidorli talaba-yoshlari jalb qilindi. O‘tkazilgan psixologik o‘yinlar, meditatsiyalar talabalar uchun juda qiziqarli bo‘ldi.