Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
Yuqorida qayd etilgan toifaga kirmaydigan hamda texnikumni bitirganiga ikki yildan oshganlar o‘qishga kirish istagini bildirganda, ularni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) qabul komissiyasining raisi hisoblanadi.
pasport yoki ID-karta nusxasi;
texnikumni bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali bitiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari muvofiqlashtirilib boriladi.
3-bob. Suhbat jarayonini tashkil etish va o‘tkazish
Suhbat komissiyasi 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda tuziladi va uning tarkibiga kadrlarning asosiy ish beruvchilari bo‘lgan tashkilotlar va oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirliklar va idoralarning mas’ul xodimlari, sohaga taalluqli texnikumning malakali o‘qituvchisi hamda boshqa oliy ta’lim muassasasining tegishli soha bo‘yicha professor-o‘qituvchisi kiritiladi.
Suhbat jarayoni to‘liq va sifatli videokuzatuv ostida o‘tkazilishini va videoyozuvlarning kamida uch yil oliy ta’lim muassasasida saqlanishini ta’minlash mas’uliyati shaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) zimmasiga yuklatiladi.
Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Suhbat jarayoniga jamoatchilik vakillari ham xolis kuzatuvchi sifatida jalb etilishi mumkin.
Bitiruvchi uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) suhbatda ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa yoki ishtirok etmasa, suhbat o‘tkazilgan sanadan uch kundan kechikmay oliy ta’lim muassasasida tuzilgan qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim. Mazkur toifadagi bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng bir hafta muddat ichida qo‘shimcha suhbat o‘tkaziladi.
mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);
shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Mazkur savollar bo‘yicha baholash mezonlari tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Savollar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mavzularga mos tuzilganligi bo‘yicha mas’uliyat qabul komissiyasi raisi zimmasiga yuklatiladi.
Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan suhbat natijalarini qayd etish varag‘iga har bir bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra ball belgilab boriladi va imzolanadi.
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.
Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abituriyentlarga o‘qib eshittiriladi.
Apellatsiya shikoyatlari suhbat natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida oliy ta’lim muassasasida to‘g‘ridan to‘g‘ri yozma shaklda yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn shaklda qabul qilinadi va appelatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda videoyozuv asosida ko‘rib chiqiladi.
4-bob. To‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish
Kontrakt shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar