Vazirlik tizimidagi OTMga oʼqishni koʼchirish boʼyicha oʼtish bali 66.1 ball etib belgilandi

? 2021/2022 oʼquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga oʼqishni koʼchirish boʼyicha 2020/2021 oʼquv yili uchun tasdiqlangan fanlar majmuasiga muvofiq 2 ta fandan oʼtkaziladigan maxsus sinovlar (test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʼra oʼtish bali toʼplash mumkin boʼlgan maksimal ballning 35 foizi (66,1ball) etib belgilandi.

☝️Eslatib oʼtamiz, 2021/2022 oʼquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishni koʼchirish boʼyicha oʼtkaziladigan maxsus sinovlar natijasiga koʼra toʼplash mumkin boʼlgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

? OOʼMTV tizimidagi OTM roʼyxati

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati