Xorijiy davlatlardan oʼqishni koʼchirish boʼyicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Аriza topshirgan talabgorlarning maʼlumotlari Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan tekshirilib, belgilangan talablarga toʼgʼri kelganlari “qabul qilindi”, toʼgʼri kelmaganlari esa “rad etildi”. Bu haqda DTM xabar bermoqda.

❇️ Belgilangan talablarga toʼgʼri kelmaganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga arizalarni qabul qilish yakunlangandan soʼng ham qayta ariza yuborishlari uchun qoʼshimcha imkoniyat berildi.

? Xorijdan oʼqishni koʼchirish boʼyicha arizasi qabul qilingan talabgorlarga test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 soʼm) miqdorida toʼlovni amalga oshirish uchun invoys shakllantirildi.

❗️Arizasi qabul qilingan talabgorlar transfer.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan invoysni yuklab olishlari va Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron toʼlov tizimlari yoki bank kassalari orqali 14 avgustga qadar toʼlovni amalga oshirishlari mumkin.

‼️Test sinovlari uchun toʼlovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi inobatga olinmaydi va test sinovlariga qoʼyilmaydi.

Manba: dtm.uz