Moskva aloqa va informatika texnika universiteti,

O’sh texnika universiteti,

Ufa davlat neft — texnika universiteti,

Ufa davlat neft — texnika universitetining Oktabr shahridagi filiali,

Kemerova davlat universitetlari bilan xamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu universitetlar bilan xamkorlikda Qo‘shma fakultetlar ochish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligi, xalqaro konferensiyalarda hamkorlikda ishtirok etish, hamkorlikda monografiyalar yozish, ilmiy maqolalar chop etish va o‘quv adabiyotlar nashr etish rejaga kiritildi.

Filialning 3 nafar professor — o‘qituvchilari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Moskva aloqa va informatika texnika universiteti doktoranturasiga 1 ta kunduzgi (Mamasodiqov Nuriddin — Axbort texnologiyalari kafedrasidan), 2 ta sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha (Ne’matova Suparna – Kompyuter tizimlari kafedrasidan, Xakimova Dilnoza – Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasidan) ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun tadqiqotchi sifatida qabul qilindilar.

Vazirlar Maxkamasi qoshida tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi e’lon qilgan 1-tanlovda filialning 4 nafar professor o‘qituvchisi malaka oshirish, bir nafar professor o‘qituvchi doktorantura xamda bir nafar professor o‘qituvchi stajirovka yo‘nalishlari g‘olibiga aylandilar.