Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun magistr.edu.uz (http://magistr.edu.uz/) – onlayn ariza topshirish tizimidan roʼyxatdan oʼtgan, biroq, oliy taʼlim muassasalari tomonidan tekshiruv natijasi boʼyicha turli sabablarga koʼra АRIZАLАRI RАD ETILGАN abiturientlarga hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni joriy yilning 4-avgust kuni soat 11.00 dan 6-avgust kuni soat 11.00 ga qadar qayta tahrirlashlari uchun Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan imkoniyat yaratiladi.
Ushbu vaqt davomida kamchiliklarni toʼliq bartaraf etmagan abiturientlarning arizalari qayta koʼrib chiqilmaydi hamda ular kirish imtihonlariga kiritilmaydi.
Manba: edu.uz