Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 2021-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Matlyubov Ahmadjon Sayfullayevich, IIV JQKB hodimlari Azgarov Fatxulla Sa’dullayevich, Maripov Kozim Valiyevichlar, shuningdek, Farg‘ona viloyat hokimligi Bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha kotibiyat bosh mutaxassisi Qobiljon Hasanov, Farg‘ona viloyat IIB bo‘lim boshlig‘i Ilhomjon Sirojiddinov, Farg‘ona viloyati Norkologiya dispanseri vrach norkologi Iqboloy Nurmatova, filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, tyuterlar, filial psixologi va talaba-yoshlari jami 210 nafar qatnashchilar ishtirokida narkotik moddalarning iste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha yuqori saviyada uchrashuv o‘tkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati