2021 yilning 27 fevral kuni Farg’ona shahrining O’zbekiston-Koreya xalqaro universitetida Mustaqil davlatlar hamdo’stligi miqiyosida “Best Publication” ilm-ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston hamda Qozog’istonlik 150 nafar g’oliblar 20 ta fan yo’nalishlari bo’yicha taqdirlandilar. Bular ichida TATU Farg’ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi 1-bosqich magistranti Tursunaliyev Murodiljon “Rivojlanib kelayotgan robototexnika sohasiga yoshlarni qiziqtirish maqsadida yaratilgan wall-e roboti ” mavzusidagi maqolasi va ishlanmasi uchun maxsus sertifikat hamda esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Butun TATU Farg’ona filiali jamoasi nomidan Murodiljon Tursunaliyevni erishilgan e’tirof va ko’krak nishon bilan qutlab qolamiz. Ilmiy rahbari Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti B. Djalilovga ham shunday munosib va salohiyatli kadrlar yetishtirishdagi mehnatlari uchun rahbariyat nomidan minnatdorchilik izhor etamiz.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati