Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumi davomida qurilish ob’yektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan Favqulodda vaziyatlarni shuningdek yong‘inlarni oldini olish maqsadida Farg‘ona, shaharida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli turarjoy binolari, ijtimoiy soha ob’yektlarida qurilish tashkiloti ishchi xodimlari va quruvchilari uchun qurilish ob’yektlarida tashkil qilingan yotoqxonalarda yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaqtincha tortilgan, ochiq hamda ximoya qobig‘ining ximoyalash darajasini yo‘qotgan elektr sim va kabellardan, ruxsat etilmagan qo‘lbola elektr uskuna jixozlaridan, nosoz elektr rozetka va o‘chirgichlardan, qo‘lbola elektr saqlagichlardan, ruxsat etilmagan tabiiy gaz uskunalaridan foydalanmaslik shuningdek is gazidan zaxarlanishini oldini olish elektr payvandlash jarayonida ochiq elektr kabellaridan foydalanmaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilishiga qaramay xanuzgacha quruvchilar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik holatlari uchrab turibdi. Misol tariqasida, Farg‘ona shahar Moturudiy ko‘chasida qurilayotgan besh qavatli klinika binosining tom qismida payvandlash ishlarini olib borayotgan quruvchilarning extiyotsizli natijasida binoning tom qismi 25M2 joyi yonib zararlangan. Bunday holatlar birinchi navbatda quruvchilarning hayotini xavf ostiga qo‘yishiga olib kelishi bilan bir qatorda katta miqdordagi moddiy zararni ham keltirib chiqarishi mumukin. Quruvchi va ishchilardan shuni so‘rab qolamizki yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bilan o‘zingiz va yaqinlaringizni hayotini saqlab qolgan bo‘lasiz.
Farg‘ona shahar FVB NTB boshlig‘i katta leytenant B.Komilov