25-fevral kuni FarPIda «Jaholatga qarshi maʼrifat» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda, Respublika diniy ishlar bo‘yicha Qo‘mitasi masʼul vakili, Xalqaro islom akademiyasi doktoranti Meliqo‘ziyev Jahongir ishtirok etdi.
🏘 Uchrashuvda, bugungi kunda talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, umuman olganda mamlakatimizda joriy etilgan imkoniyatlar haqida, ulug‘ neʼmatimiz bo‘lmish tinchlik va uni saqlash masʼuliyati barchamizda ekanligi haqida suhbat qurildi.
✔️ Shuningdek, talabalik odobi, diniy madaniyat shu bilan birga diniy hamda dunyoviy bilimlarni o‘zlashtirish shuningdek, bilim olish odobi haqida ham ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ushbu suhbatda filialimizning talabalari ham qatnashdilar!
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/03/photo_2023-02-27_15-28-47-768x1024.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/03/photo_2023-02-27_15-28-49-1024x464.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/03/photo_2023-02-27_15-28-51-1024x576.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/03/photo_2023-02-27_15-28-52-1024x576.jpg)