Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorlik shartnomasi hamda tasdiqlangan tashrif rejasiga asosan Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida TATUFF “Axborot xavfsizligi” kafedrasi o‘qituvchilari bilan kelajakda bajarilishi kerak bo‘lgan o‘quv-metodik, ilmiy ishlar muhokama qilindi va kelishib olindi. Vazifalar, strategiyalar aniq belgilandi. TATUFF “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan texnikum talabalariga mahorat darslari tashkil etildi.
Shuningdek, texnikum o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash va chop etish, ilmiy maqolalar nashr etish, adabiyotlar bilan taʼminlashga yordam berish kabi masalalar muhokama etildi.
Tashrif yakunida TATUFF “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan va nashr qilingan o‘quv qo‘llanmalar, monografiya, uslubiy ko‘rsatmalar texnikum kutubxona fondiga topshirildi.