Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Kengashning navbatdagi 9-son yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda filial jamoasi katta majlislar zaliga taklif qilindi. Yig‘ilishda filial direktori F.Muxtarovning ma’ruzasi eshitildi. F.Muxtarov o‘z ma’ruzasida o‘tgan bir oy davomida filialda amalga oshirilgan ishlar, taqdirlash va tayinlovlar haqida axborot berdi. Yig‘ilishing ikkinchi qismi kichik majlislar zalida faqat Kengash a’zolari bilan o‘tkazildi.
Kengash yig‘ilishing kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi:
1. Ijro intizomi haqida (Axborotchi: F. Arakulova);
2. “9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik to‘g‘risida (Axborotchilar: A. Kadirov, A.Rayimov);
3. Filialda chеt tillarini o‘rganish va o‘rgatish holati to‘g‘risida (Axborotchi: G. Obidova);
4. Dasturiy injiniring, Axborot ta’lim tеxnologiyalari va Kompyuter tizimlari kafеdralarida o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning borishi to‘g‘risida (Axborotchi: M. Teshaboyev);
5. Filialda yosh olimlar, dissеrtantlar hamda iqtidorli talabalar faoliyatiga doir olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida (Axborotchi: B. Polvonov);
Kun tartibining turli masalalarida Kengash a’zolari tarkibiga o‘zgartirish kiritish, pedagog-xodimlar tarkibi tanlovi, dotsentlik ilmiy unvonini olishga tavsiya qilish hamda ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etish masalalari muhokamadan o‘tkazildi;