Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida O’zbekiston XDP hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi hamkorligida “O’zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o’tkazildi.
Ushbu davra suhbatida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o’rinbosari M.Nizomiddinov, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tegishli qo’mita raisi Sh.O’ktamov hamda OAV vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.