28-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali talabalari uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda xalqaro IT-sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni olishlari uchun yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar mavzularida taqdimot o‘tkazildi.
Seminar yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2024/03/photo_2024-03-28_20-07-45-2-1024x682.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2024/03/photo_2024-03-28_20-07-45-1024x682.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2024/03/photo_2024-03-28_20-07-46-2-1024x682.jpg)
![](https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2024/03/photo_2024-03-28_20-07-46-1024x682.jpg)