26-28 aprel kunlari bo’lib o’tgan Farg’ona Yoshlar Hakatonida vodiy viloyatlaridan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan, o’z bilim va salohiyatiga ishongan yigit-qizlar bellashishdi

Mazkur musobaqa  BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning O’zbekistondagi Vakolatxonasi ko’magi bilan yoshlarni kasb-hunarga o’qitish, ish bilan taminlash va ishsizlik kabi masalalarga zamonaviy yechimlar topishga yo’naltirildi.

Ushbu tanlovda yoshlarimiz 72 soat davomida tanlangan yo’nalishlar bo’yicha muammolarni hal qilib, yechim berishlari kerak edi.

Jami 3 kishidan tuzilgan 40 ta jamoa o’z g’oyalari va loyihalarini taqdim etishdi.

Gʻolib jamoalarga zamonaviy va qimmatbaho noutbuk, planshet, smartfon hamda faol ishtirokchilar uchun smart-soat va quloqchinlar topshirildi.