O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasi

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuhratovich va Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich ham ishtirok etmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev ochib berdi.

Konferensiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish uchun akademik mobillik va mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasida universitetlararo loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish lozimligi qayd etildi. Qo‘shma ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov magistratura, aspirantura va doktoranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi.