Farg‘onada yosh olimlar, professor-o’qituvchilar hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi ilmiy loyihalari bilan tanishildi

TATU Farg‘ona filialida “Yosh olimlar zamonaviy ixtirolari va innovatsion tadqiqotlari natijalarining amaliyotga joriy etilishi” mavzusida loyihalar taqdimotlari namoyish etildi.

Innovatsion rivojlantirish agentligidan tashrif buyurgan Start-up ekotizimini rivojlantirish bo’limi mutaxassisi J.O’rinboyev, Tijoratlashtirish boshqarmasi mutaxassisi E.Radjapov hamda Hududlar bilan ishlash mutaxassisi O’.Qodirovlar yosh olim hamda ixtirochilarning loyihalari bilan tanishdilar.

Loyihachilar o‘zlarining taqdimotlarini ilmiy-innovatsion, iqtisodiy tejamkorlik samaralarini, mahalliylashtirish tomonlarini ochib berib, tadbir ishtirokchilar hukmiga havola etdilar.