Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filali Katta majlislar zalida filial Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda filial Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining 2023-2024 oʻquv yilida amalga ishlari hamda yangi oʻquv yili uchun oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari boʻyicha filial Boshlangʻich tashkiloti yetakchisi A.Nabijonov nutqi tinglandi. Shuningdek, Boshlangʻich tashkilot kengashi aʼzolari hamda fakultet koordinatorlari filial talaba yoshlariga tanishtirildi.