“Xalq o‘yinlar “ va “Etnosport” turlari bo‘yicha musobaqalari bo’lib o’tmoqda

TATU Fargʻona filialida talaba-yoshlar o‘rtasida “Xalq o‘yinlar “ va “Etnosport” turlari bo‘yicha musobaqalari bo’lib o’tmoqda.

🇺🇿 Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti talaba-yoshlarning jismoniy hamda aqliy yetukligini yanada shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va talaba yoshlar o‘rtasida “Etnosport” bo‘yicha bellashuvlar bo’lib o’tmoqda.

Ushbu tadbirga Farg‘ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho‘basi mudiri A.Ahmadjonov, bosh mutaxassisi B. Qurbonovlar tashrif buyurib, “Etnosport” musobaqalari talaba yoshlar o‘rtasida anʼanaviy sport turi bo’lib xalq orasida ommalashtirish va milliy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish deb takidladi.

Musobaqada, Kamonda otish, Tosh koʻtarish, Milliy kurash, Arqon tortish, Kim oladiyo shuginani kabi xalq o‘yinlarimiz talabalarga yanada ko‘tarinki kayfiyat va taassurot uygʻotdi.