O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining hamkorligida o‘zbek tiliga nisbatan milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi.
“O’zbekiston kelajagi savodxon yoshlar qo’lida” shiori ostida o’tkazilgan “Ommaviy diktant” aksiyasida TATU Farg’ona filialining 24 nafar talabalari faol ishtirok etdilar.