Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialida talabalar, professor-o’qituvchilar va faxriy harbiylar o’rtasida badminton bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi.
Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu musobaqa barcha ishtirokchilarga sog‘lom raqobatni, bir-biriga yordam berishni va jismoniy faollikni targ‘ib qilish imkoniyatini yaratdi.








