DIREKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun TATU Farg’ona filiali direktori Farrux Muxtarov, direktorning birinchi o’rinbosari B.Tolipov va fakultet dekanlari  hamda talabalar bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuvda filial direktori, dotsent Farrux Muxtarov mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va uning maqsadi haqida gapirdi. Islohotlar zamirida yoshlardan talab qilinadigan narsa bu shijoat, bilim va harakat ekanini ta’kidladi.

♻️ Ma’ruzalardan so‘ng, rahbar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar, va takliflari bilan rahbarlarga bevosita murojaat etdilar.