Muhammadali Fazlitdinov

By

Sotvoldiyev Xusniddin Ibragimovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar TATU Farg‘ona filialida “Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik” fakulteti, dekani lavozimida ishlagan. Kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Read More
Ergashev Otabek Mirzapo’latovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar TATU Farg‘ona filialida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi, dotsent lavozimida ishlagan. Kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Read More
TATU Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich hamda “Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti” 1-bosqich talabalari o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqat davomida talabalar savol va takliflar bilan ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan berilgan savol va takliflarga oliygoh rahbari o‘sha yerni o‘zida yechim va mutasaddilarga kerakli topshiriqlarni berdi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich hamda “Kompyuter injiniringi va sun’iy intellkekt” fakulteti 1-bosqich talabalari o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqat davomida talabalar savol va takliflar bilan ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan berilgan takliflarga rahbar o‘sha yerni o‘zida yechim va mutasaddilarga kerakli topshiriqlarni berdi.
Read More
2-sonli Talabalar turar joyida “Zakovat ligasi” tashkillandi! Ushbu liga qavatlar oʻrtasida oʻtkazilib, 5 turdan iborat boʻladi. Musobaqaning yakuniy natijalarga koʻra gʻolib deb topilgan jamoaga esdalik sovgʻalari topshiriladi. 1-tur natijalariga koʻra: 5-qavat 7️⃣ 4-qavat 5️⃣ 2-qavat 4️⃣ 1-qavat 3️⃣ 3-qavat 1️⃣
Read More
TATU Farg’ona filiali 2- sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalari bilan filialning Axborot xavfsizligi kafedrasini navbatdagi kafedra kuni bo’lib o’tdi. Tadbirda talabalar bilan “Kibermaydonda yuz berayotgan zamonaviy kibertahdidlar va ularga qarshi samarali kiberxavfsizlik yechimlari” mavzusida qiziqarli suhbat o’tkazildi. Shuningdek, tadbir so’ngida talabalar o’rtasida jamoalar tuzilib Cybersport musobaqasi o’tkazildi.
Read More
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida korxonalar bilan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha oʻzaro shartnomalar imzolanishini tashkil etish vazifasi  belgilangan. Mazkur belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan filial Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatining bir qator tuman va shaharlaridagi soha-korxonalari bilan talabalar amaliyotini tashkil etish...
Read More
Codial va TATU Farg‘ona filiali o‘rtasida rasmiy hamkorlik doirasida seminar tashkil etildi. Seminar davomida:Zamonaviy kasblar;IT sohasidagi tendensiyalar; ➖ Bozor talablari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlik IT va raqamli texnologiyalar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam hisoblanadi. Bu kelgusida IT bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Read More
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich hamda “Dasturiy injiniring va kiberxavfsizlik” fakulteti 1-bosqich talabalari o’rtasida ochiq muloqot bolib o’tdi. Tadbir davomida fakultetining Axborot xavfsizligi, Kiberxavfsizlik hamda Dasturiy injiniring yo’nalishlariga yuqori ball bilan qabul qilingan talabalarga direktorning tashakkurnomalari topshirildi. Ochiq muloqat davomida talabalar savol va takliflar bilan ishtirok etishdi.
Read More
Hurmatli fuqarolar! Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi korxona, tashkilot, muassasa va aholi yashash xonadonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, gaz havo aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq baxtsiz holatlarni oldini olish maqsadida ogohlantiradi: Nosoz elektr va gaz jihozlaridan foydalanmang, bir vaqtning o‘zida bir elektr manbaiga bir nechta elektr jihozlarini ulamang, elektr...
Read More
1 7 8 9 10 11 70