Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti Fargʼona filiali foyesida 2021 yil 6- aprel kuni Аxborot Resurs markazi va “Buvayda Kitoblar olami” MChJ bilan birgalikda kitob savdosi tashkillandi. Ushbu kitob yarmarkasida filial direktori А. Rasulov, Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari B. Tolipov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari B. Djalilov, Ishlar boshqarmasi boshligʼi X. Аbduraxmonov, Kompьyuter injiniringi fakulьteti dekani O. Otaqulov, Telekommunikatsiya injiniringi fakulьteti dekani F. Muxtorov,АRM direktori H. Аripdjanova, АRM xodimlari, professor-oʼqituvchi va talabalar qatnashdilar
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan oʼzgarishlar amalga oshirilmoqda Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʼusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʼlgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Farzandlarimizda bolalikdan boshlab kitob oʼqish koʼnikmasini shakllantirish, jamiyatimizda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bogʼliq muhim masalalarni hal etish dolzarb vazifa boʼlib qolmoqda.
Ushbu yoʼnalishda tegishli huquqiy-meʼyoriy bazani mustahkamlash, tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, bu masalaga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida, kitob yarmarkasida badiiy, ilmiy va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblar namoyish etildi. Filial АRMi tashabbusi bilan kitob yarmarkalari muntazam oʼtkazib kelinadi. Yarmarka ishida “Ziyo” nashriyoti tomonidan chop etilgan oʼzbek va jahon adabiyotining sara asarlari taqdim etildi.
Yarmarka ishtirokchilari oʼzlariga kerakli kitoblardan harid kildilar va ushbu yarmarkadan mamnun ekanliklarini taʼkidladilar.