Aziz talabalar va ota-onalarga xabarnoma!

Hozirgi kunda COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo mamlakatlari qatori O‘zbekiston Respublikasida ham karantin holati e’lon qilingan. Ushbu og‘ir vaziyatga qaramay oliy o‘quv yurtlari talabalari karantin vaqtida ta’lim olishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina filial tomonidan tashkil etilgan masofaviy ta’lim tizimini (http://moodle.fbtuit.uz) misol qilishimiz mumkin. Tashkil etilgan masofaviy ta’lim tizimini o‘quv materiallar bilan boyitishda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari munosib tarzda mehnat qilmoqdalar. Masofadan turib bilim olish tizimi tashkil etilgan ekan, demak o‘qish avvalgidek davom etmoqda.

Shunday ekan to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar va ularning ota-onalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-fevralda 2431-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida to‘lov-shartnoma pullarini to‘lash muddati ham shartnoma qiymati ham o‘zgargani yo‘q. To‘lov-shartnoma pullarini to‘lash o‘z vaqtida to‘lamaslik belgilangan tartibda choralar ko‘rilishiga olib kelishi mumkin.
Ana shu chora-tadbirlar doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali ma’muriyati Siz aziz talabalar va hurmatli ota-onalardan quyidagilarni iltimos qilmoqchimiz:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-fevralda 2431-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari so‘zsiz rioya qiling.
  2. To‘lov-shartnoma pullarini uydan chiqmagan holda mobil ilovalar orqali “Click” yoki “Payme” to‘lov tizimida to‘lang.
  3. “Payme” to‘lov tizimi mobil ilovalarini quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin: Google Play, App Store 1, App Store 2
  4. “Click” to‘lov tizimi mobil ilovalarini quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin: Google Play, App Store
  5. Yuqoridagi ilovalarni qo’llab-quvvatlaydigan mobil qurilma mavjud bo‘lmagan taqdirda siz yashab turgan hududingizga yaqin joydagi har qanday tijorat banklari orqali to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
  6. To‘lov-shartnoma pullaridan qarzdorlik, to‘lov qiymatlari, to‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng uni nazorati haqidagi ma’lumotlarni axborot texnologiyalari markazi va hisob bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan @fbtuit_bot telegram bot orqali olishingiz mumkin.

Ushbu yuqorida berilgan tavsiyalardan keyin ham Sizda muammo bormi, unda +99893-976-45-90, +99893-481-83-38, +99899-606-71-61 (telegram bot faoliyati bo’yicha) telefon raqamlar orqali bizga bog‘laning, yordam beramiz.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali (TATUFF) shartnoma pullarini to‘lash uchun rekvizitlari
Bakalavr (kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi) va magistratura talabalari uchun
Moliya vazirligi g’aznachiligi XKKM Toshkent shahar BB
X/r: 23402000300100001010
MFO: 00014, STIR: 201 122 919
To’lov maqsadi quyidagilar yozilishi shart:
SHXR: 4009108603040179 5010 0078 001 STIR: 205 765 265
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali, Farg’ona shahar Mustaqillik ko’chasi 185-uy. Tel: (0373) 226-82-51, (0373) 226-82-09